Angliyaning “Vest Bromvich” klubi bosh murabbiy Toni Pyulisni iste’foga chiqardi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
APL 12-turidan keyin “Vest Bromvich” turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa “Vest Hem”, “Suonsi” va “Kristal Pelas”ni inobatga olmasa, qolgan barchadan ortda qolib ketgan.
Pyulis “Vest Brom”ni 3 yildan buyon boshqarib kelayotgandi. U o‘zining iste’fosi haqida klub direktorlar kengashi raisi Jon Uilyamsdan telefon orqali eshitgan. Bu vaqtda Pyulis mashg‘ulot o‘tkazish uchun otlanayotgandi.
“Vest Bromvich”ga qadar shu mavsumning o‘zida 5 klub bosh murabbiyini iste’foga chiqargandi. Bu ishni Londonning “Kristal Pelas” klubi boshladi va Frakn de Bur bilan xayrlashdi. Keyinroq Kreyg Shekspir “Lester”ni, Ronald Kuman “Everton”ni va Slaven Bilich “Vest Hem”ni tark etdi.
Izoh (0)