O‘zbekiston Oliy Ligasining 29-turidan o‘rin olgan “Nasaf” — “Paxtakor” o‘yini o‘tgan haftaning eng muhokamali to‘qnashuvi bo‘ldi. O‘yingacha boshlanib ulgurgan muhokamalar, “Paxtakor” 4 ta gol farqi bilan mag‘lub bo‘lgach, yanada avj oldi.

Foto: “Championat.asia”

“Nasaf” Qarshida “Paxtakor”ni yirik hisobda yengib, Chempionlar Ligasiga yo‘l oldi. Toshkent grandi arosatda qoldi

“Championat.asia” nashri Sport-TV kanaliga tayanib, o‘yinda kiritilgan barcha gollarni YouTube sahifasiga joyladi.

Nashr xodimlari “Nasaf” — “Paxtakor” o‘yiniga tashrif buyurib, TV nazaridan chetda qolib ketgan videolarini ham tasvirga tushirishga muvaffaq bo‘ldi. Unda bir qator qiziqarli vaziyatlar, tortishuvlar aks etgan. Video so‘nggida esa “Paxtakor” darvozaboni Aleksandr Lobanovning muxlislarga nisbatan hurmatsizligi ko‘rsatib o‘tilgan.