Kolumbiya shimoli-g‘arbidagi Antiokiya departamentida 19-noyabr, dushanba kuni yo‘lovchilarni olib ketayotgan avtobus jarga qulashi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi, yana 35 kishiga shikast yetdi. Bu haqda France Presse agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Agentlikning ma’lum qilishicha, hodisa Sabanalarga shahri yaqinida yuz bergan.
“Avtobus oldidan mototsiklchi chiqib qoladi. Uni aylanib o‘tishga uringan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, jarga qulaydi”, — aniqlik kiritadi shahar meri Sezar Kuadros. U avtobus yo‘lovchilarining aniq soni noma’lumligini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)