“Iblis barmoqlari” birinchi bor tarmoqlarda paydo bo‘lganida ko‘pchilik uning haqiqiy ekanligiga ishonishni istamagan. Ayrimlar u o‘zga sayyoraliklarning urug‘i deb hazillashgan bo‘lsa, boshqalar bu shunchaki fantastik filmni suratga olish maydonchasidagi kadrlar deya ta’kidlagan, deb xabar berdi TJournal.
Ushbu o‘simlik haqida birinchi bor 1860-yilda, Tasmaniya tabiati tariflanganida so‘z borgan va o‘shanda uni butun dunyoga tarqatish ishlari boshlangan. O‘simlik sporalari avvaliga Avstraliya, Yangi Zelandiyaga olib kelingan, birinchi jahon urushi vaqtida esa Fransiyaga qadar yetib borgan. Taxminlarga ko‘ra, ular mamlakatga jun mahsulotlari bilan birga kirib kelgan. “Iblis barmoqlari”ni Yevropadagi barcha o‘rmonlarda — Ispaniyadan tortib Polshaga qadar uchratish mumkin.
“Iblis barmoqlari” sobiq SSSR hududida ham tarqalgan. 50-yillarda u Qozog‘istondan topilgan bo‘lsa, 70-yillar oxirida ukrain o‘rmonlarida tez-tez uchrab turgan. Shuningdek, o‘simlik Rossiyaning Sverdlovsk va Kalujsk viloyatlarida ham bir martadan aniqlangan.
Qo‘ziqorin ta’mini totib ko‘rishga nafaqat uning ko‘rinishi, balki u tarqatadigan “aynigan go‘sht hidi” ham xalaqit beradi. Biroq shunga qaramay ushbu xususiyatlar qiziquvchilarni qo‘ziqorinni ta’tib ko‘rishdan to‘xtata olmadi. Tatib ko‘rgan insonlarning so‘zlariga ko‘ra, uning ta’mi juda yomon, biroq shunisi bilan u esda qolarli.
O‘zining qo‘rqinchli tashqi ko‘rinishiga ega ushbu o‘simlik tez-tez Instagram “yulduzi”ga aylanib turadi.
Izoh (0)