Buxoroda bemordan jarrohlik amaliyoti uchun 4 million so‘m talab qilgan shifokor qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB ma’lum qildi.
Aytilishicha, Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida yashovchi Erkin To‘xtayev sog‘ligini tiklash uchun Buxoro viloyatidagi Onkologiya dispanseriga murojaat qilgan. Unga shifokorlar tomonidan jiddiy tashxis qo‘yilgandan keyin jarrohlik amaliyoti orqali kasallikni bartaraf etish mumkinligi tushuntirilgan. To‘xtayev jarrohlik amaliyotiga rozi bo‘lganida, shifoxona jarrohi Umidjon Mamedov undan amaliyot o‘tkazish uchun 4 million so‘m talab qilgan.
Shifokorning ushbu talabidan norozi bo‘lgan Erkin To‘xtayev huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Olib borilgan tezkor tadbir davomida Umidjon Mamedov xizmat xonasida million so‘m olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan JKning 214-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)