AQSh adliya vazirligi Eronni shu yil yozda amalga oshirilgan HBO kanaliga xakerlik hujumlarida aybladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: Global Look Press

Vazirlik dekabr oyida ishtirokchilari eronliklar bo‘lgan bir necha ish (jumladan, xakerlik hujumlari haqida) qo‘zg‘ash niyatida.

The Washington Post nashriga ko‘ra, bu atayin uyushtirilmoqda: prezident Tramp ma’muriyati Kongress orqali Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, nashr suhbatdoshlari bu haqda oldindan e’lon qilinishi tergov ishini xavf ostiga qo‘yishi va Eronni tark etishi mumkin bo‘lgan gumonlanuvchilarni topishni qiyinlashtirishini bildirdi.

Ma’lumot uchun, 31-iyulda kanaldan 1,5 terabayt manbalar, jumladan, “Taxtlar o‘yini” seriali skriptlari va kompaniya rahbarlari yozishmasi o‘g‘irlab ketildi. Ularni e’lon qilmaslik evaziga xakerlar HBO’dan pul talab qildi.