2016-yili Yevropa Ittifoqi mamlakatlari yo‘llarida ro‘y bergan YTHlar oqibatida 25 624 kishi halok bo‘ldi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 500 kishiga kamroq, deb xabar beradi “Yevropeyskaya pravda”.
Qurbonlarning eng katta qismi Fransiyaga to‘g‘ri keladi (3477), undan keyingi o‘rinlarda Italiya (3283), Germaniya (3206) va Polsha (3026) turibdi.
Kishi boshiga hisoblaganda, eng past ko‘rsatkichlarni Shvetsiya (million kishiga 27 qurbon), Buyuk Britaniya (28), Niderlandiya (32), Daniya (37), Germaniya, Irlandiya va Ispaniya (39 kishidan) qayd qildi.
Izoh (0)