Italiyalik dizaynerlar Antonio Grimaldi, Julio Boldetti, Fulvio Lupayya, Antonella Alotto va Marina Nexayeva o‘z liboslar to‘plamini Toshkent moda haftaligida namoyish etdi, deb yozadi My Day. Shuningdek, Marc O’Polo lyuks toifasidagi modalar uyi o‘zining bosh kiyim to‘plamidan tashqari, Versace, Gianfranco Ferre, Valentino brendlarining to‘plamlarini ham taqdim etdi.
Toshkent ahli birinchi bo‘lib podiumda Versace, Gianfranco Ferre va Valentino brendlarining kolleksiyalarini ko‘rdi. Versace’dan taqdim etilgan to‘plamda mo‘ynalar va toshlar bilan bezatilgan 5 ta yorqin liboslarni ko‘rish mumkin bo‘ldi.
Gianfranco Ferre to‘plamida velvet, duxoba, charmdan yaratilgan 5 nusxadagi liboslar namoyish etildi.
Valentino’dan 5ta yorqin oqshom liboslari namoyish etildi. Liboslar mo‘ynali ustki yopinchiqlar bilan to‘ldirilgan.
Marc O’Polo modalar uyi bosh kiyim to‘plami va aksessuarlarni namoyish etdi.
Gaia Boldotti brendidan turli shakldagi va fasondagi oq bluzka va ko‘ylaklarni ko‘rish mumkin bo‘ldi. Shifon, paxta va sintetika matolari ishlatilgan.
Dizayner Fulvio Lupaia 22 ta turli ranglardagi sharf va yopinchiqlardan iborat to‘plam bilan ishtirok etdi.
Asli rus avlodidan bo‘lgan italiyalik modeler Marina Nekhaeva 22 ta asimmetrik libosdan iborat qora to‘plamni namoyish etdi.
Beltepa o‘zbekcha nomga ega Italiya brendi to‘plami baxmal, adras, atlas kabi o‘zbek matolaridan yaratilgan bo‘lib, ular jun, shifon va baxrama bilan to‘ldirilgan. 23 ta libosni Turindan kelgan oila vakillari Antonella Alotto, Chechiliya DeMarki, Juliya Postilis taqdim etdi. Antonella Toshkentda yashaydi va u Turinga o‘zbek matolarini yetkazishga, qizlari Chechiliya dizayn va tikish ishlariga, Juliya esa brendni butun dunyoga tanishga ma’sul.
Dizayner Antonio Grimaldi’dan taqdim etilgan 38 ta liboslar namoyishga yakun yasadi. To‘plam o‘z ichiga uzun va nafis oqshom liboslarini, kombinezonlarni, shimli kostyumlarni olgan. Sokin ranglardagi liboslar biser, patlar, baxrama bilan bezatilgan.
Izoh (0)