Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Dastlabki o‘yinga Ar-Riyod shahri mezbonlik qildi.
Saudiyada mehmon bo‘lgan Yaponiyaning “Urava Red” klubi futbolchilari 8-daqiqadayoq hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsa-da, ular g‘alabani saqlab qola olmadi. Suriyalik Umar Xarbin “Al-Hilol”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golga mualliflik qildi.
Xarbin yarim finalda Eron klubi postiga 2 ta bellashuvda jami 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘lib, “Hilol”ning hal qiluvchi pallaga yetib kelishiga ko‘mak bergandi. “Urava Red” esa yarim finalda o‘zbekistonlik Odil Ahmedov to‘p suradigan Xitoyning “Shanxay SIPG” klubini ortda qoldirgandi.
“Urava Red” maydonidagi finalning javob o‘yini 25-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bellashuvga o‘zbekistonlik referi Ravshan Ermatov boshqaruvidagi hakamlar brigadasi tayinlangan.
Osiyo Chempionlar Ligasi FINAL 18-noyabr, shanba
Izoh (0)