Rossiya, Turkiya va Eron tashqi ishlar vazirlari — Sergey Lavrov, Mavlud Chovusho‘g‘li va Javod Zarif Suriya milliy muloqot kongressi uchun ishlab chiqilgan tavsiyalar borasida kelishib oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Suriya milliy muloqot kongressi tashkiloti uchun barcha masalalar yuzasidan tavsiyalar kelishib olindi, ular Rossiya, Eron va Turkiya prezidentlariga 22-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuv arafasida yetkaziladi”, — deyiladi Rossiya TIV bayonotida.
Vazirlar, shuningdek, Suriya milliy muloqot kongressi tashabbusining Suriya birligini tiklashda muhimligini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)