Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasida bugun — 19-noyabr kuni 29-tur bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Garchi oldinda 30-tur bellashuvlari bo‘lsa-da, mazkur tur bir qator masalalarga oydinlik kiritib berishi mumkin.
Masalan, Toshkentning “Lokomotiv” klubi ketma-ket ikkinchi chempionlikka ancha yaqin. “Temiryo‘lchilar” Samarqandda “Dinamo”ni taslim qilish orqali, o‘z maqsadiga yetishi mumkin. Hattoki, “Loko” bugun mag‘lub bo‘lib ham, chempionlik sovriniga ega chiqsa bo‘ladi. Bu keyingi o‘yin natijasiga bog‘liqdir.
Turning markaziy o‘yini Qarshida o‘tib, “Nasaf” Toshkentning “Paxtakor” klubini qabul qiladi. Bu Shota Arveladze boshqaruvidagi “paxtakorchilar” uchun mavsumdagi so‘nggi va finalga teng o‘yin. Jamoani g‘alabadan boshqasi qanoatlantirmaydi. Zero, “Paxtakor” zafar qucha olsa, kelasi mavsumni Chempionlar Ligasida o‘tkazadi. Yo‘qsa, xalqaro maydondan chetda qolishi mumkin. 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Bunyodkor” va “Lokomotiv” klublari o‘rtasidagi bellashuv bu masalaga oydinlik kiritib beradi.
O‘zbekiston Oliy Ligasi 29-tur bellashuvlari 19-noyabr, yakshanba
“Nasaf” — “Paxtakor”“Bunyodkor” — “Buxoro”“Olmaliq” — “Navbahor”“So‘g‘diyona” — “Qo‘qon-1912”“Qizilqum” — “Metallurg”“Neftchi” — “Mash’al”“Dinamo” — “Lokomotiv”
Izoh (0)