Ispaniya bosh prokurori Xose Manuel Maza Argentinada to‘satdan vafot etdi. U mazkur mamlakatda bo‘layotgan konferensiyaga tashrif buyurgan edi, deb xabar beradi “Yevropeyskaya pravda”.
Maza 66 yoshda edi.
U 18-noyabr kuni buyrak infeksiyasi tashxisi bilan intensiv terapiya bo‘limiga yetkazildi va o‘sha yerda bir necha soatdan so‘ng vafot etdi.
Manuel Maza 2016-yil noyabrida bosh prokuror etib tayinlangan edi.
O‘tgan oy Maza Kataloniya referendumi boshida turgan siyosatchilarga qarshi ayblovlar ilgari surgan edi. Kataloniya ayirmachilarini jinoiy ta’qib etish tashabbusi ispan jamiyatining konservativ qatlami tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Ispaniya rasmiylari Mazaning vafoti rasmiy Madridning Kataloniya ayirmachilariga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini ma’lum qildi.
Izoh (0)