AQSh harbiy-havo kuchlari generali, Strategik qo‘mondonlik rahbari Jon Xayten prezident Donald Tramp yadroviy zarba amalga oshirishga buyruq bergan taqdirda bunga qarshilik ko‘rsatishini bildirdi. Bu haqda, CBS News telekanaliga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Ayrimlar bizni ahmoq odamlar deb o‘ylaydi, lekin aslida bunday emas. Bunday mas’uliyatingiz bo‘lganida, siz ham ssenariylar haqida o‘ylagan bo‘lardingiz”, — dedi u.
Trampning KXDRga yadroviy zarba berish tahdidlariga izoh berarkan, Xayten qo‘mondonlik bunday ssenariy tartibini o‘n yillar davomida ko‘rib chiqib kelganini hamda u o‘z ichiga zarurat, proporsionallik, yo‘qotishlar singari omillarni qamrab olishini ta’kidlab o‘tdi:
“Men prezidentga maslahatlar beraman, u menga nima qilishni aytadi. Bu noqonuniy bo‘lsa, nima qilishimni toping-chi? Men, janob prezident, bu noqonuniy, aytaman. Va u so‘raydi: nima qonuniy bo‘ladi? Va biz variantlarni o‘ylab topamiz. Bu uncha qiyin emas”.
Izoh (0)