Ma’lumki to‘shak (matras) uzoq muddat ishlatishga mo‘ljallab olinadi, lekin vaqt o‘tishi bilan unda inson tanasidan tabiiy ravishda ajralib chiqadigan terining mayda po‘stloqchalari bilan oziqlanadigan changli kapalar — saprofitlar paydo bo‘ladi.

Foto: “Xitrosti jizni”

Aynan ular ko‘pincha allergiyaning manbaiga aylanadi, shuning uchun to‘shakni mutlaqo toza holatda saqlash zarur.

Biz maqolamizda matrasdagi dog‘lar va noxush hidlardan qanday qutulish haqida aytmoqchimiz.

To‘shakni soda bilan zararsizlantirish

Soda o‘zining antibakterial va bog‘lovchi xususiyatlari tufayli to‘shakni dog‘ va yoqimsiz hidlardan tozalovchi samarali tabiiy vosita hisoblanadi. Uning ta’sirini kuchaytirish uchun har qanday dorixonalarda topiladigan vodorod peroksidi qo‘shiladi.

Shunday qilib, quyidagilar ishtirokida aralashma tayyorlaymiz:

  • 40 g soda (bu taxminan 4 osh qoshiq);
  • 250 ml 3% li vodorod peroksidi (1 stakan);
  • 1-2 tomchi suyuq sovun.
  1. Sodani vodorod peroksidi bilan yaxshilab aralashtiramiz, bir-ikki tomchi suyuq sovun qo‘shamiz va yana aralashtiramiz.
  2. Hosil bo‘lgan aralashmani pulverizatorga quyamiz, silkitamiz va muammoli joylarga sepamiz.
  3. Sepilgan aralashma qurib qolguncha kutamiz, keyin esa to‘shak ustini changyutkich yoki cho‘tka bilan tozalaymiz.

Yoqimli hid berish va zararsizlantirish uchun efir yog‘lari

Yoqimsiz hidni soda va biron-bir efir yog‘i aralashmasi yordamida ketkazish mumkin. Bu lavanda, rozmarin, dolchin, evkalipt va boshqa yog‘lar bo‘lishi mumkin. Efir yog‘lari to‘shaklarga yoqimli hid berishdan tashqari ularni zararsizlantiradi va chang kapalariga qarshi kurashishda yordam beradi.

Aralashmani tayyorlash uchun sizga:

  • 200 g soda (1 stakan);
  • 8 tomchi o‘zingiz xohlagan efir yog‘i kerak bo‘ladi.

Ishlov berish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Sodani mahkam yopiladigan idishga soling, efir yog‘ini tomizing va yaxshilab aralashtiring.
  2. Hosil bo‘lgan aralashmani oddiy elak yordamida tozalash lozim bo‘lgan joyga seping.
  3. Bir soatdan so‘ng aralashma qoldiqlarini changyutkich yordamida tozalab oling.

Manba: “Xitrosti jizni”