Leonardo da Vinchining “Dunyo qutqaruvchisi” nomli surati soxta bo‘lishi mumkin. Britaniyaning The Telegraph nashri go‘yoki asarning asl ekanligiga shubha uyg‘otuvchi to‘rtta sababni keltirdi.

Foto: CNN

Qaydnomada ko‘rsatilishicha, polotno taxminan 1500-yilda, 48 yoshli Leonardo optik tasavvur va nurning sinishini faol tadqiq etgan vaqtida yaratilgan. Biroq kartinada Iso Masih qo‘lidagi billur shar haqiqatdan yiroq tarzda tasvirlangan, chunki jism orqasidagi obyektlar mutanosib emas.

Ikkinchi dalil — polotnoda Isoning yuzi old tomondan, to‘g‘ridan to‘g‘ri tasvirlangan, da Vinchining boshqa asarlarida esa uning qahramonlari murakkab holatlarda tasvirlangan. “Dunyo qutqaruvchi”si ko‘proq butni (ikona) eslatadi.

Maqola mualliflarida shubha uyg‘otgan yana bir narsa — surat bir nechta tarixga ega ekanligi. Ulardan biriga ko‘ra, polotno Karl II ning kolleksiyasida saqlangan. Shundan so‘ng unga Bukingem gersogining o‘g‘li egalik qilgan. Keyinroq esa u vaqti-vaqti bilan yo‘qolib, auksionlarda paydo bo‘lib turgan.

To‘rtinchi sabab restavratsiyaga bog‘liq — surat qayta tiklangan va unga tez-tez qo‘shimcha detallar chizib borilgani sabab unda da Vinchi tomonidan dastlab chizilgan deyarli hech narsa qolmagan bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “Dunyo qutqaruvchisi” kartinasi Nyu-Yorkda Christie’s auksion uyi savdolarida 450 million dollarga sotilgan edi.