2018-yildan boshlab Shahrisabzda har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san’ati anjumanini o‘tkaziladi. Bu Prezidentning 17-noyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yilgan.

Foto: O‘zA

Ushbu anjumanni o‘tkazish uchun Shahrisabzning Oqsaroy maydonida zarur madaniy infratuzilma inshootlarini barpo etiladi. Xususan, maydonning tarixiy qismida maqom san’atiga bag‘ishlangan muzey va milliy sozlar laboratoriyasi tashkil etiladi.

Anjumanni yuksak saviyada o‘tkazish uchun horijiy davlatlardan taniqli musiqashunos olimlar, san’atkorlar, ijodiy jamoalar va mutaxassislar taklif etiladi.

Bundan tashqari, Prezident Shahrisabz shahar madaniyat saroyini kapital ta’mirlash, hozirgi vaqtda Oqsaroy maydonidagi mavjud Maqom markazi hamda bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyatlarini takomillashtirish haqida ham ko‘rsatma bergan.