Avstraliyaning AC/DC musiqiy guruhi asoschilaridan biri Malkolm Yang 64 yoshida vafot etdi. Bu haqdagi xabar guruhning Facebook’dagi sahifasida paydo bo‘ldi, deya xabar bermoqda Meduza.

Malkolm Yang guruhni 2014-yili, demensiya xastaligi sabab tark etgan edi.

Foto: Meduza

AC/DC guruhiga 1973-yili aka-uka Malkolm va Agnus Yanglar asos solgan. Guruh tarixdagi eng mashhur xard-rok jamoalaridan biriga aylangan; guruhning 1980-yilgi Back in Black albomi tarixdagi eng ko‘p sotilgan plastinkalardan biri hisoblanadi.

2017-yil holatiga ko‘ra, AC/DC’ning ilk yillardan a’zosi bo‘lgan mashshoqlardan faqat asoschilardan biri — Agnus Yang qolmoqda.