O‘zbekiston Oliy Ligasining 2016-yilgi mavsumida 12-o‘rindan yuqoriga ko‘tarila olmasligi ma’lum bo‘lgan Farg‘onaning “Neftchi” klubi, o‘z tarixida ilk bor quyi ligaga ravona bo‘lgandi.
Farg‘onaning “Neftchi” klubi Vadim Abramov boshqaruvida tarixda ilk bor Oliy Ligadan tushib ketdi
Kecha — 16-noyabr kuni Sport-TV kanalining “Gol” ko‘rsatuvida mehmon bo‘lgan PFL bosh direktori Omon G‘ofurov, xulosaga shoshilmaslik kerakligini ta’kidladi va “Neftchi” Birinchi Ligaga tushib ketmaganini ma’lum qildi.“Neftchi” vakillari jamoa Birinchi Ligaga tushib ketgani haqidagi turli OAVlarda berilgan xabarlar haqiqatga qanchalik to‘g‘ri kelishi borasida bizdan so‘radi. Vaholanki, PFL rasmiy saytida bunday ma’lumot hali chiqmadi. Demak, “Neftchi” Oliy Ligadan tushib ketmadi.Tashkilot rahbarining aytishicha, 2018-yilni Oliy Ligada o‘tkazishni istagan klublar litsenziyalash masalasini to‘g‘ri hal qilishi shart. Shunday xulosaga kelish mumkinki, Oliy Ligada 11-o‘rindan pastga tushib ketgan jamoalar ham elitadagi o‘rnini saqlab qolishi mumkin. Bunda o‘sha jamoa litsenziyalashni to‘g‘ri bajarishi, 11-o‘rindan yuqorida bo‘lgan qaysidir klub esa aksincha, ishni hal qila olmasligi kerak.Omon G‘ofurov, PFL bosh direktori
Izoh (0)