Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi Dr.Reddy’s Laboratories Ltd. (Hindiston), KRKA d.d. tovarna zdravil Nova mesto (Sloveniya) va Ratiopharm GmbH (Germaniya) kompaniyalarining arizalarini ko‘rib chiqdi. Chet el kompaniyalari O‘zbekistonning MerrymedFarm qo‘shma korxonasi ularga tegishli tovar belgilaridan noqonuniy foydalanganidan shikoyat qildi, deb xabar beradi 1News.
Murojaatni o‘rganish chog‘ida MerrymedFarm kompaniyasi OMEC MR, MR AMBRABEN preparatlarini ishlab chiqarishi ma’lum bo‘ldi. Ular nom jihatdan original preparatlar —OMEZ, AMBROBENE’ga o‘xshab ketadi, lekin bu mahsulotlarni Dr.Reddy’s Laboratories Ltd. va Ratiopharm GmbH kompaniyalari ishlab chiqaradi.
Shuningdek, kompaniya “Inyeksiyalar uchun deksametazon eritmasi” va “Inyeksiyalar uchun noklofen eritmasi” mahsulotlarida KRKA d.d. tovarna zdravil Nova mesto kompaniyasi dorilari qadoqlangan paketlarning dizayni, grafikasi, ranglarini ishlatgan.
Murojaatni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha MerrymedFarm xatti-harakatlari “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 13-moddasini buzuvchi nohalol raqobat sifatida tan olindi. Unga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi.
Izoh (0)