Britaniyalik yozuvchi Joan Roulingning “Garri Potter va faylasuflik toshi” kitobi birinchi nashri Londondagi Bonhams auksionida sotuvga qo‘yildi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.

Foto: Bonhams

Kitob 106250 funt sterlingga (140 ming dollar atrofida) sotildi. Lotning boshlang‘ich narxi 40 ming dollar edi.

Kitobga Roulingning dasxati tushirilgan. Dasxat kitob chop etilganidan bir oy o‘tib — 1997-yil 26-iyunda qo‘yilgan.