Shvetsiya janubi-g‘arbida 20 tonna frikadelka (mitboll) olib ketayotgan tirkamali yuk mashinasi ag‘darilib ketishi oqibatida go‘shtli yarimfabrikat ko‘chaga sochilib ketdi. Bu haqda, Local gazetasiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Yuk mashinasi Skaradan Yotenega ketayotgan edi. U yerdan kartoshka olib ketilishi lozim edi, shu bois faqat tirkama yukka to‘ldirilgan edi.
Politsiya vakili Tommi Emrikssonga ko‘ra, YTHga muzlama sabab bo‘lgan. Bo‘sh yuk mashinasi trassada qolgan, undan og‘irroq bo‘lgan tirkama esa yo‘ldan chiqib ketgan va ag‘darilgan. Uni chiqarib olish uchun barcha frikadelkalarni tirkamadan olib chiqish talab etiladi.
Izoh (0)