Peru terma jamoasi 2018-yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatida ishtirok etadi. Peruliklar so‘nggi — 32-chiptani o‘ziniki qilib oldi.

Foto: FotMob

CONBEMOL saralashini Braziliya, Urugvay, Kolumbiya va Argentinadan keyin 5-o‘rinda yakunlagan Peru qit’alararo pley-offda Yangi Zelandiya qarshiligini sindirishi kerak edi. Tomonlarning birinchi o‘yinida hisob ochilmadi — 0:0. Lima shahrida kechgan javob o‘yinida Peru 2:0 hisobida zafar quchdi va mundial bilan yuzlashdi.

Bungacha Peru saralashda yulduzli tarkibga ega Chilini qoldirib ketgandi. Endi esa Yangi Zelandiya termasi Jahon Chempionatidan chetda qoldi. Avvalroq qit’alararo pley-offning yana birida Osiyo nomidan qatnashgan Avstraliya CONCACAF vakili Gondurasni taslim qilishga erishgandi.

Avstraliya terma jamoasi JCh—2018 ning 31-chiptasini yutib oldi. Bu safargi qahramon Mile Yedinak

JCh—2018

Pley-off

16-noyabr, payshanba

Peru — Yangi Zelandiya 2:0

Gollar: Jeferson Farfan, 28 (1:0). Kritian Ramos, 65 (2:0).

JCh—2018 ishtirokchilari

Yevropa: Rossiya, Belgiya, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Polsha, Islandiya, Serbiya, Portugaliya, Fransiya, Shveysariya, Xorvatiya, Shvetsiya, Daniya. Osiyo: Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Avstraliya. Afrika: Nigeriya, Misr, Senegal, Marokash, Tunis. Janubiy Amerika: Braziliya, Urugvay, Argentina, Kolumbiya, Peru. Shimoliy Amerika: Meksika, Kosta-Rika, Panama.