O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15-noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarning bugungi kun talablariga javob bermasligi muhokama qilindi.

Prezident matbuot xizmati tarqatgan axborotga ko‘ra, 2017-yilning o‘tgan 10 oyida sodir etilgan 8 mingga yaqin yo‘l-transport hodisasi oqibatida 2 031 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 7 622 nafari tan jarohati olgan. Bu — O‘zbekistonda har kuni o‘rtacha 6 nafardan ko‘proq odam YTH qurboni bo‘ladi, degani.

Surat: “Daryo”