16-noyabr kuni Bokuda O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Ozarbayjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zakir Gasanov bilan tor va keng tarkibda uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
General-polkovnik Z. Gasanov ikki tomonlama harbiy hamkorlik do‘stona munosabatlarga asoslanganini ta’kidlab o‘tdi.
Mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyatga to‘xtalar ekan, u Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi ixtilof umummintaqaviy barqarorlik uchun jiddiy tahdid ekanligini aytdi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor A. Azizov Ozarbayjon qurolli kuchlarida o‘tkazilayotgan islohotlardan hamda armiya qurilishidagi yutuqlardan boxabar ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Muzokaralar davomida harbiy aloqalar hamda ularni rivojlantirishga oid keng doiradagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra 2018-yil uchun Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasi imzolandi.
Izoh (0)