BAA va Qatar futboli rahbariyati bilan uchrashib, memorandum imzolagan O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov, endi Janubiy Koreyada mehmon bo‘ldi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.
Seul shahrida Umid Ahmadjonov Janubiy Koreya Futbol Assotsiatsiyasi prezidenti Chun Mun Gu bilan uchrashuv o‘tkazgan. Bunda har ikki mamlakat futboli o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish masalasi ko‘rib chiqilgan.
Endilikda har ikki mamlakat futboli vakillari o‘quv kurslarida tajriba almashishi, o‘zaro seminar va konferensiyalar o‘tkazishi, turli yosh termalari ishtirokida musobaqalashishi mumkin bo‘ladi. Hamkorlik marketing, menejment, reklama, futbol maktablari, mashg‘ulot jarayonlari masalalarini ham o‘z ichiga oladi.
Seuldagi uchrashuvdan so‘ng Umid Ahmadjonov Tokioga yo‘l olgan. Yaponiya poytaxtida u mamlakat futboli rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Izoh (0)