NASA Mars 2020 missiyasi davomida Qizil sayyora yuzasiga qo‘ndirish mo‘ljallangan parashyutning ilk sinovini o‘tkazdi. Sinov aks etgan video agentlik saytida joylashtirildi.

Foto: NASA

Tajriba davomida Uollops kosmodromidan (Virjiniya shtati) Black Brant IX raketasida 51 kilometr balandlikka parashyut va o‘lchov qurilmasi uchirildi. 42 kilometr balandlikda va tovushdan 1,8 barobar oshiq tezlikda parashyut ochildi.

Raketa parvozidan 35 daqiqa o‘tib parashyut Atlantika okeanida, Uollops orolidan 54 kilometr janubi-sharkda qo‘ndi. Sinov muvaffaqiyatli yakunlandi deb baholandi.

Mars 2020 missiyasi Qizil sayyoraga 2020-yilda yuborilishi kutilmoqda. Marsda hayotning geologik izlarini qidirish uning vazifalari sirasiga kiradi.