Leonardo da Vinchining “Dunyo qutqaruvchisi” nomli rasmi Nyu-Yorkda Christie’s auksion uyi savdolarida 450 million dollarga sotildi. Bu haqda “Kommersant.uz” xabar bermoqda.

Foto: Christie’s

Bu narx auksionlar orqali va shaxsiy kelishuv asosida sotilgan san’at asarlari uchun yangi rekord bo‘ldi.

Auksionda yutuq stavkasi 400 million dollarni tashkil etdi, ammo Christie’s komission yig‘imlari bilan birga xaridor kartina uchun 450 million dollardan ko‘proq pul to‘ladi. Xaridor kimoshdi savdosida telefon orqali ishtirok etdi va shaxsini sir tutdi. Sotuvlar 20 daqiqa davom etdi.

Durdonaning boshlang‘ich narxi 100 million dollar edi.

“Dunyo qutqaruvchisi” surati 1505-yili chizilgani taxmin qilinadi. Unda moviy libosdagi Iso Masih tasvirlangan.