Italiya 70 yillik tanaffusdan so‘ng yana rasman davlat madhiyasiga ega bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: “Korrespondent.net”

Mamlakat senatining konstitutsiya ishlari bo‘yicha qo‘mitasi “Italiyaliklar qo‘shig‘i” (u “Italiyalik birodarlar” nomi bilan ham mashhur) davlat ramziga aylanishi to‘g‘risidagi qaror qabul qildi. 

Qo‘shiq aslini olganda 1946-yildan beri Italiya madhiyasi bo‘lib kelayotgandi, biroq endigina rasmiy maqom oldi. Uning matni 1847-yilda Goffredo Mameli tomonidan yozilgan. 

O‘tgan asrning 90-yillarida uni almashtirish to‘g‘risida bahslar ketgan, muqobil variant sifatida Verdining “Nabukko” operasidagi Va' pensiero xori taklif etilgandi. 

Biroq yakunda 60 yil davomida Italiya madhiyasi vazifasini bajarib kelgan kompozitsiyaga to‘xtalishga qaror qilindi.