Futbol bo‘yicha Livan milliy terma jamoasi tarixda ilk bor Osiyo Kubogiga yo‘llanma oldi. Endilikda livanlik futbolchilar 2019-yilning yanvar oyida Amirliklarga tashrif buyurib, Osiyo taxti uchun kurashda bo‘ladi.

Foto: Google Images

Bungacha Livan biror marta bo‘lsin Osiyo Kubogining saralash bosqichini muvaffaqiyatli bosib o‘ta olmagandi, deb yozdi “Championat.asia”. 2000-yil Livan Osiyo Kubogini o‘zida qabul qilgan va mezbonligi uchun ham saralashdan ozod etilgandi.

Bu muvaffaqiyatga Livan termasi serbiyalik Miodrag Radulovich boshqaruvida erishdi. U termani 2015-yilning boshida qabul qilib olgandi. Shundan keyin Livan 13 ta rasmiy o‘yinda ishtirok etib, shularning 6 tasida zafar quchdi va 7 tasida durang o‘ynadi. Radulovich murabbiy bo‘lgach, Livan mag‘lub bo‘lmadi.

Foto: Google Images

Mazkur mutaxassis 2010-yilning yanvaridan boshlab to apreliga qadar Toshkentning “Paxtakor” klubiga ham ustozlik qilgan.