Joriy yilning 1-dekabridan boshlab O‘zbekistonda internet orqali tovar va xizmatlarga pul to‘lashda xalqaro valyuta plastik kartalaridan foydalanish mumkin bo‘ladi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Bu borada Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov bayonot berdi.
“Hozirgi paytda texnik ishlar olib borilmoqda, ularni shu yilning dekabrigacha yakunlashni rejalashtirmoqdamiz. Ushbu xizmatning joriy etilishi, masalan, oldindan mehmonxona uchun to‘lash yoki internetda qandaydir tovar yoki xizmatni sotib olish imkonini beradi”, — dedi u.
Buning natijasida yaqin vaqt ichida O‘zbekistonda Visa xalqaro kartalarini milliy valyuta bilan to‘ldirish va undan elektron to‘lovlarda foydalanish imkoni tug‘iladi.
Markaziy bank raisining o‘rinbosari, shuningdek, agarda odamlarda xorijiy valyutaga chetga chiqmasdan turib ehtiyoj tug‘ilsa, bu to‘siqni yo‘q qilish borasida choralar ko‘rilishini aytdi.
Hozirgi paytda o‘zbekistonliklar Visa xalqaro kartalarini naqd xorijiy valyuta bilan to‘ldirishga majbur.
Izoh (0)