Mattel Inc kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan Barbi qo‘g‘irchog‘ining yangi ko‘rinishi amerikalik qilichboz va jahon chempioni Ibtihoj Muhammad obrazini oldi. Sportchi Olimpiada musobaqalarida hijobda ishtirok etgan birinchi amerikalik hisoblanadi, deb yozmoqda “RBK”.

Foto: “RBK”

Qo‘g‘irchoqni yaratishga kompaniyani Ibtihoj Muhammad ilhomlantirgan. Yangi Barbi hijob va oq qilichbozlik kostyumini kiygan, shuningdek, unda himoya shlemi va shpaga ham bor.

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Barbi Nyu-Yorkda 13-noyabr kuni Glamour amerika jurnalining “Yil ayoli” mukofotini topshirish marosimida taqdim etilgan.