Gretsiyaning Attika mintaqasida ob-havo yomonligi oqibatida yuzaga kelgan toshqinlarda 13 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mutaxassislarning fikricha, qurbonlar soni 20 kishiga yetishi mumkin.
Yomg‘ir oqibatida Mandra, Magula, Nea-Peramos, Elefsina va Aspropirgos shaharlari suv ostida qoldi.
Yog‘ingarchilik Gretsiyada hafta boshidan buyon davom etmoqda va, prognozlarga ko‘ra, yakshanbagacha davom etishi mumkin.
Izoh (0)