AQSh Somalida “ash-Shabob” radikal diniy guruhi marralarini bombaladi, buning natijasida bir necha ekstremist yo‘q qilindi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Zarbalar AQSh qurolli kuchlari Afrika qo‘mondonligi droni tomonidan amalga oshirildi.
Qo‘mondonlik bayonotiga ko‘ra, uchuvchisiz apparat mamlakat poytaxti Mogadishodan 96 kilometr shimoli-g‘arbroqda zarbalarni amalga oshirdi. Harakatlar Somali hukumati bilan kelishilgan holda amalga oshirildi.
Joriy yilda AQSh kuchlari “ash-Shabob” marralarini 28-marta o‘qqa tutmoqda.
Izoh (0)