Telegram’dagi ommabop kanallarda avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida yoqilg‘i olish joyida turgan T-34 tanki surati paydo bo‘ldi.

Xabar berishlaricha, surat Toshkentdagi Intran Servis yoqilg‘i quyish shoxobchasida olingan, biroq aynan qayerdagi shoxobchada va qachon olingani borasida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Foto: Telegram

E’tiborli tomoni, bu surat 14-noyabr kuni — O‘zbekistonda benzin narxi oshishi haqidagi xabarlar e’lon qilinishi arafasida paydo bo‘ldi.