Yana 2 ta turdan so‘ng futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasida 2017-yilgi mavsumga yakun yasaladi.
“Championat.asia” nashrining xabar berishicha, joriy mavsumda eng ko‘p muxlis “Navbahor” — “Qo‘qon-1912” o‘yiniga tashrif buyurgan — 20220. Bu hozircha mavsum rekordi bo‘lib turibdi.Eng kam muxlis esa Toshkent derbisida kuzatildi. “Obod” hamda “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi bellashuvni tomosha qilish uchun 117 nafar muxlis stadionga kelgan. Bunisi endi antirekord hisoblanadi.
Bungacha Toshkentning “Paxtakor” klubi joriy mavsumdagi eng yaxshi natijasini “Olmaliq”qa qarshi o‘yinda qayd etgani haqida xabar berdi. Puyol olib kelingan bellashuvni ko‘rish uchun 11067 ishqiboz keldi. Shu tariqa “Paxtakor” stadionining uchdan bir qismi to‘ldi.
Izoh (0)