Nyu-Yorkda 13-noyabr, dushanba kuni navbatdagi Christie's auksioni bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Auksionga amerikalik filantrop Perri Bass va uning turmush o‘rtog‘i Nensi Li to‘plagan kolleksiyaga mansub 60 dan ortiq asar, jumladan, Anri Matiss, Klod Mone, Mark Shagal, Pablo Pikasso, Vasiliy Kandinskiy kartinalari qo‘yildi.

Uning yakunlari bo‘yicha qo‘lga kiritilgan jami summa 479 million dollarni tashkil etdi. Eng qimmat lot — Vinsent Van Gogning “Haydalgan dala va dehqon kartinasi” 81,3 million dollarga sotildi. Surat dastlab 50 million dollar atrofida baholangandi.

Unda Van Gog umrining oxirgi yillarida davolangan Fransiyadagi kasalxona derazasidan ko‘ringan manzara aks ettirilgan.