Dallasda (AQSh) bo‘lib o‘tgan auksionda Bob Dilanga tegishli va 1963-yilda ishlab chiqarilgan D-28 modelidagi Martin gitarasi 396,5 ming dollarga sotildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda

Foto: EPA

Auksion 11-noyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tgani bildirilmoqda. Uni sotib olgan xaridorning kimligi oshkor etilmadi. 

Bob Dilan gitaradan 10 yildan ortiqroq foydalangan, o‘tgan asrning 70-yillari oxirida esa gitaralarni sozlovchi ustasiga 500 dollarga sotgandi.