4 yashar qizini haqoratlar bilan kaltaklayotgan ota videosi bilan bog‘liq yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi, deya xabar bermoqda “1news.uz”.
Xabar berishlaricha, ismi oshkor etilmayotgan ota aynan shu qilmishi — qizini kaltaklab, videoga olgani uchun Mirobod tumani IIBdagi ishidan olingan.
Mavzuga doir: 4 yashar qizini kaltaklab, buni videoga olgan ota sobiq militsiya xodimi ekani ma’lum qilindi
Avvalroq mushtumzo‘r otaga nisbatan Chilonzr tuman prokuraturasi tomonidan jinoiy ish ochilgani, ehtiyot chorasi sifatida uni qamoqqa olish masalasi ko‘rib chiqilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga doir: Chilonzor prokuraturasi 4 yashar qizini kaltaklab, buni videoga olgan otaga nisbatan jinoiy ish ochdi
“1news.uz”ning aniqlik kiritishicha, 4 yashar qizini kaltaklagan bu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining kamida to‘rt moddasi, xususan, 104-modda (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) va 110-modda (qiynash) alomatlari bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.