13-noyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahri sudi O‘zbekiston fuqarosi Oybek Nosirovni 8,5 yilga ozodlikdan mahrum etishga hukm qildi. Bu haqda 1News xabar bermoqda.
Qamoq muhlati og‘ir tartibli koloniyada o‘talishi belgilandi.
2017-yil 1-mayda “Vezyot” taksi xizmati haydovchisi, rasman ishsiz hisoblangan Nosirov mast ahvoldagi yo‘lovchi bilan ixtilofga borgan. Janjal mijoz yo‘lkira haqi ustida kelib chiqqan.
Yo‘lovchi mashinadan chiqqanida Nosirov uning ortidan yugurib borib, ko‘kragi va boshiga otvyortka bilan zarba bergan. Olingan jarohatlar oqibatida yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan.
Nosirov jinoyat joyidan qochgan va, tergov versiyasiga ko‘ra, yo‘lovchi o‘lgani haqida ham bilmagan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari uni ertasi kuni ushlagan.
Izoh (0)