AQShning elektronika ishlab chiqaruvchi Qualcomm kompaniyasi raqibi — Broadcom kompaniyasining taklifini qabul qilmadi. Kelishuvning umumiy qiymati 130 milliard dollarni tashkil qilishi lozim edi, deb xabar beradi “RBK” Financial Times nashriga asoslanib.
Broadcom Qualcomm’ni sotib olish taklifi bilan chiqqan edi. U kompaniyaning har bir aksiyasini 70 dollarga baholadi. Shunda aksiyalarning umumiy qiymati 103 milliard dollarni tashkil etishi lozim edi.
Bundan tashqari, kompaniya Qualcomm’ning 25 milliard dollar miqdoridagi qarzini o‘z zimmasiga olishga tayyor edi. Bu kelishuvdan so‘ng Broadcom jahon bozoridagi asosiy chip yetkazuvchi bo‘lishi mumkin edi. Kompaniya elektronikasi 2017-yili 1,5 milliard smartfonga o‘rnatildi.
Ammo Qualcomm rahbariyati raqobatchilari past narx taklif qildi degan qarorga keldi.
“Moliyaviy va yuridik maslahatchilarimiz yordamida taklifni har tomonlama o‘rganib chiqib, kengash Broadcom taklifi Qualcomm uchun jiddiy tarzda past narx belgilagan degan qarorga keldi”, — deyiladi kompaniya direktorlar kengashiga raislik qiluvchi Tom Xortonning bayonotida.
Izoh (0)