O‘zbekiston Mehnat kodeksiga kredit to‘lash bilan bog‘liq jarayonlarni tartibga soladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi hujjat loyihasi muhokama uchun internetga joylashtirildi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Hujjatga ko‘ra, ish beruvchi ishchining arizasiga ko‘ra uning maoshini to‘liq yoki qisman kreditni yopish uchun bankka o‘tkazib berishi mumkin bo‘ladi. Bu maoshning ushlab qolinishi hisoblanmaydi.
Loyiha o‘zgarishi, to‘ldirilishi yoki rad etilishi mumkin.
Uning to‘liq matni bilan bu yerda tanishish mumkin.
Izoh (0)