Krishtianu Ronalduning to‘rtinchi farzandi dunyoga keldi. Bu haqda uning oʻzi Instagram sahifasida maʼlumot berdi.

Foto: Instagram

Oʻzining soʻnggi 1 yilini Ronaldu bilan oʻtkazayotgan Jorjina Rodriges yangi tugʻilgan qizaloqning onasidir. 32 yoshli futbolchi va Jorjina chaqaloqqa Alana Martina deb ism berishdi.

Bunga qadar Krishtianuning surrogat onalardan 3 nafar farzandi bor edi. Kichik Krishtianu ayni vaqtda 7 yoshda boʻlsa, 2017-yilning iyun oyida yana bir surrogat ona futbolchi uchun egizak farzandlar tugʻib bergandi. Ularga Yeva va Mateo deb ism berildi.

Surrogat ona Krishtianu Ronalduga o‘g‘il-qiz egizak farzand tug‘ib berdi

Jorjina Rodriges va Krishtianu Ronaldu turmush qurib ulgurmagan. Krishtianu bunga qadar ham oʻnlab dugonalarga ega boʻlsa-da, mashhur futbolchidan farzand koʻrishga faqatgina Jorjina muvaffaq boʻla oldi.

Hafta go‘zali: Krishtianu Ronaldu Gucci do‘koni sotuvchisi Jorjina Rodriges bilan yangi ishqiy sarguzasht boshladi

Jorjina Rodriges qaynonaga ma’qul kelgani uchun Krishtianu Ronaldu 2018-yil unga uylanishga qaror qildi