Itlar
Itlar bilan sayr qilish ozishga va xolesterinni me’yorda saqlashga yordam beradi. Shu bilan birga, o‘troq hayot bilan bog‘liq nafas olishdagi turli qiyinchiliklar ham bartaraf bo‘ladi.
Itlarni tomosha qilish dofamin yoki “baxt gormoni” ishlab chiqarilishiga yordam beradi, asabiylik, ruhiy zo‘riqish va boshqa psixik kasalliklar darajasi pasayadi.Mushuklar
Mushuklar o‘z egasining qaysi a’zosi og‘riyotganini sezib, o‘sha joyni “isitish” uchun og‘riq bor joyning ustiga joylashib oladi.
Mushukning eng foydali tomonlaridan biri uning xurillashi hisoblanadi. U ovozli tebranish hisobiga asab tizimini tinchlantiradi, qon bosimi va yurak urishini me’yorlashtiradi. Mushuk xurillashining suyaklarni mustahkamlashi va singan joylar bitishining tezlashtirishi ham isbotlangan.To‘tiqushlar
To‘tiqushlar odamni tinchlantiradi va yurak urishini me’yorlashtiradi. Erta tongdagi qushning ovozi tetiklashishga va faollik darajasini oshirishga xizmat qiladi.Baliqlar
Akvarium baliqlari ruhiy zo‘riqishdan xalos bo‘lishda eng yaxshi dori hisoblanadi. Baliqlarning suzishini 30 daqiqa tomosha qilish odamni tinchlantiradi, qon bosimini va yurak urishini me’yorlashtiradi.Quyonlar
Quyonlar o‘ziga ishonchi kamroq va tortinchoq odamlarga, ayniqsa bolalarga tavsiya qilinadi. Ular bilan muloqot xavotir hissini yengishga yordam beradi.
Quyonlarning mayin yungini silash jarayoni tajovuzkorlik va xavotirlilik darajasini pasaytiradi, zo‘riqishni bartaraf etadi.
Izoh (0)