Eronning g‘arbiy viloyatlarida ro‘y bergan zilzila oqibatida bir necha tarixiy obyekt va yodgorlikka zarar yetdi. Bu haqda Eron madaniy meros, kasb-hunar va turizm tashkiloti rahbari Ali Asqar Munison bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
“Zilzila Kirmonshoh viloyatidagi beshta obyektga va Ilam viloyatidagi yettita yodgorlikka zarar yetkazdi”, — dedi u.
Shu bilan birga, uning so‘zlariga qaraganda, madaniy obyektlarga yetkazilgan zarar uncha katta bo‘lmay, barchasini restavratsiya qilish mumkin.
Zilzila Bag‘doddan 204 kilometr shimoli-sharqda, Eronning Kirmonshoh shahridan esa 104 kilometr g‘arbda yuz bergan. Yerosti silkinishlari o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan. Zilzila magnitudasi epitsentrda 7,3 ni tashkil etgan.
Izoh (0)