Xitoy hukumati “ilmiy fantastika shahri” — uzoq olamlar, vaqt sayohatlari, sarguzasht va mo‘jizalarga bag‘ishlangan kitoblar, ssenariylar, filmlar va dasturlar tayyorlashga mo‘ljallangan markaz qurilishiga 12 milliard yuan (1,8 milliard dollar) sarflashni rejalashtirmoqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: “China.org”

“Bizning shahrimizda ‘Ilmiy fantastika olami’ jurnali chiqariladi. Uni shu janrda ijod qiluvchi xitoylik mualliflar bazasi deyish mumkin”, — ta’kidladi Chendu shahri (Sichuan provinsiyasi markazi) meri Lo Syan.

“Biz, shuningdek, Xitoyda ushbu yo‘nalishdagi eng nufuzli mukofotlar — ‘Somon yo‘li’ va ‘Yangi inson’ mukofotlarini tashkil etdik. Yana Chendu shahri Xitoy ilmiy fantastika venchur uyushmasiga asos solgan. Hozir biz bu yerda ‘ilmiy fantastika shahri’ni yaratishni rejalashtirmoqdamiz”, — dedi u, 2017-yilgi Xitoy ilmiy fantastikasi konferensiyasida chiqish qilarkan.

Xitoy rasmiylarining hisob-kitoblariga qaraganda, yangi loyiha yiliga 12 million turistni jalb qiladi hamda 8 ming kishini ish bilan ta’minlaydi.