Rossiyalik taniqli teleboshlovchi Boris Notkin Moskva viloyatidagi uyida o‘lik holda topildi. U 75 yoshda edi, deb xabar beradi Meduza.

Foto: “TV-Sentr”

Avvaliga OAV jurnalistning o‘limi haqida turli manbalarga tayanib ma’lum qildi. Keyinchalik buni u ko‘p yillar ishlagan “TV-Sentr” telekanali tasdiqladi va Notkin oxirgi paytlarda og‘ir kasallikka chalinganini bildirdi.

“Interfaks” agentligiga ko‘ra, teleboshlovchi o‘z joniga qasd qilgan. Unga saraton tashxisi qo‘yilgandi.

Mash Telegram-kanali jurnalistning jasadi yonidan qurol va maktub topilgani haqida xabar berdi.

Boris Notkin o‘tgan asrning 80-yillari oxiridan televideniyeda faoliyat ko‘rsatib kelgan. 1997-yildan 2015-yilgacha “TV-Sentr”da “Boris Notkin taklif etadi” nomli dastur muallifi va boshlovchisi bo‘lgandi.