Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov Rossiya prezidenti Vladimir Putinning amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan APEC sammiti doirasidagi uchrashuvi nega amalga oshmay qolganini tushuntirib berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Rostanam protokl xizmatlar va boshqa kanallar bo‘yicha alohida to‘la formatli uchrashuvni kelishishga uringan edik. Mavjud oddiy diplomatik amaliyotga ko‘ra, oliy darajadagi uchrashuvlar navbatma-navbat har bir tomon hududida tashkil etiladi. Qoidaga muvofiq, tomonlar bir-biriga turli muqobil variantlarni taklif etadi, negaki davlat rahbarlarining grafigi har doim band bo‘ladi”, — dedi u.
Uning so‘zlariga qaraganda, Vashington vakillari uchrashuv vaqti va joyini taklif etdi, ammo bu taklif Rossiya tomoniga mos kelmadi.
Peskov Gamburgda uchrashuv AQSh hududida o‘tganini, bu safar uchrashuv Rossiya tomonida o‘tishi lozim bo‘lganini aytib o‘tdi.
Izoh (0)