Mixail Zadornovning oilasi yozuvchi bilan Moskva shahrida vidolashuv marosimi o‘tkazish rejasidan voz kechdi. Bu haqda “MK.ru” xabar bermoqda.

Foto: Mixail Zadornov (аrxiv)

Marosimni 12-noyabr, yakshanba kuni Moskva viloyatidagi kasalxonalardan birida o‘tkazishga qaror qilindi. Unga faqat oilaning eng yaqin kishilari to‘planadi.

Mixail Zadornov o‘zi tug‘ilib-o‘sgan Latviyada dafn etiladi. Uning otasini qabri ham shu yerda joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik satirik yozuvchi 10-noyabr, juma kuni 69 yoshida saraton kasalligidan vafot etdi.