Microsoft asoschisi Bill Geytsga qarashli investitsion kompaniyalardan biri Arizona shtati markazi Finiksdan 45 daqiqalik yo‘lda joylashgan hududda yer uchastkasi sotib oldi. Bu yer Belmont deb ataladi, xabar qilmoqda TJournal.
Hudud 10 ming gektar yerni egallaydi. Belmont Papers firmasi hujjatlariga ko‘ra, ushbu bo‘shliqda “aqlli” shahar qurilishi rejalashtirilmoqda.
Yer Finiksni Las-Vegas bilan birlashtiradigan trassaga yaqin joylashgan.
“Belmont kelajakka intilgan, ilg‘or texnologiyalarga asoslangan kommunikatsiya va infrastrukturaga ega jamiyatni yaratadi, infrastruktura yuqori tezlikdagi raqamli tarmoqlar, data-markazlar, yangi ishlab chiqarish texnologiyalari va distributsiya modellari, avtonom transport va avtonom logistik xablarga asoslanadi”, — ma’lum qilindi firmaning matbuot xabarnomasida.
Yerning oltidan bir qismi ofislar va tijoriy binolarga, yigirmadan bir qismi maktablarga ajratiladi. 80 mingga yaqin uy va kvartiralar qurish rejalashtirilmoqda.
Qurilish ishlari qachon boshlanishi hozircha ma’lum emas.