Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe AQSh prezidenti Donald Tramp bilan golf o‘ynashga borganida maydonda o‘yin paytida vaziyatni qiyinlashtirish uchun tashkil etilgan qumli chuqurlikka yiqilib tushdi. Bu haqda ABC News xabar bermoqda.

Foto: YouTube

Amerika prezidentining Yaponiyaga safari 7-noyabr kuni yakunlangan edi. Biroq OAV va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari mazkur rolikka endi e’tibor qaratdi.

Videoda Abening bunkerdan turib golf to‘pini uloqtirgan va chuqurlikdan chiqishga urinayotgan paytda muvozanatni yo‘qotib, yiqilib tushgani aks etgan.

Tramp mazkur holatga e’tibor bermagan. Umuman olganda, AQSh prezidenti o‘yinning asosiy qismini professional golf ustasi Xideki Matsuyama bilan suhbatlashib o‘tkazgan.